Hokimlik huquqshunosining o‘limi baxtsiz hodisami yoki uyushtirilgan qotillik?
3-sahifa
−
26 aprel
10782Avvalroq, Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumani hokimligi huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milayotganida ahvoli yomonlashib, vafot etgani xabar qilingandi. Endilikda uning o‘limi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 18 aprel kuni 13:00 da marhumning turmush o‘rtog‘i eriga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘shanda huquqshunos tadbirda ekanini, keyinroq telefon qilishini aytib go‘shakni qo‘ygan. Shundan so‘ng ayol soat 14:00 da yana telefon qilgan, biroq eri javob bermagan. U soat 18:00 ga qadar telefon qilishda davom etgan, biroq javob bo‘lmagan. Ayol soat 21:00 lar atrofida o‘g‘lidan turmush o‘rtog‘ining vafot etganini eshitgan.
QALAMPIR.UZ'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqeadan bir kun oldin huquqshunos ayoliga hokim o‘rinbosarining qurilish bo‘yicha katta aybini aniqlaganini, bu sirni aytmasligi uchun katta pul taklif qilishganini, biroq u bunga rozi bo‘lmaganini aytgan.
Shuningdek, voqea joyiga borgan marhumning o‘g‘li va jiyani basseynda video kameralar borligini payqagan. Ularning aytishicha, huquqshunos bir kun oldin advokatlik hisob raqamidan 1300 AQSH dollari miqdoridagi pulni yechib olgan. Biroq bu pullar marhumning yonidan chiqmagan, uning xonasidagi kompyuterlar ham tozalangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov voqea joriy yilning 18 aprel kuni soat 15:30 lar atrofida sodir bo‘lganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi