Hokim nega “kotta bolla”ning mashinasida yurmaydi?
Intervyu
−
26 aprel
16850Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlaganiga bir yil, rasman poytaxt hokimi bo‘lganiga bir oy bo‘lgan Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga kelishidan avval UzAvtosanoat rahbari bo‘lganidan xabaringiz bor. Buni qarangki, bir vaqtlar Spark, Nexia, Gentra avtomobillarini ishlab chiqargan Umurzoqov hokim bo‘lganidan keyin Mercedes-Benz'da yuribdi. Shahar hokimi bilan suhbatlashgan QALAMPIR.UZ jurnalisti har kuni inomarkada yuradigan hokimdan Toshkent shahar ko‘chalari o‘nqir-cho‘nqirligidan xabari bor-yo‘qligini so‘radi.
"Hozir 36 ta koridor uchun katta dastur bor. U 450 km. Albatta bu ish uchun katta mablag‘ talab etiladi va taxminan uning qiymati 500 mln dollardan oshiq. Hozirgi yo‘llarni oldingidek faqat asfalt qilishimiz noto‘g‘ri, sababi mashina soni 5 yil oldin 400 ming bo‘lgan bo‘lsa, hozir 800 ming – demak biz uning "proxodnoy sposobnosti"ni to‘g‘rilashimiz kerak. 36 ta koridor – asosiy koridorlarga loyihalar tayinlangan. Hozir uni moliyalashtirish manbasini ishlab chiqyapmiz, bunda davlat xususiy sherikchilik degan yo‘nalishlari, grantlar bor. Ajratilgan mablag‘ hisobiga yo‘llarni faqat "asfalt" qilib qo‘ysak pulni uvol qilgan bo‘lamiz", deydi poytaxt hokimi.
Barcha muammolar asta-sekin hal bo‘lishini aytgan Umurzoqov asfalt masalasi doim davom etadigan ishlardan biri ekanini qo‘shimcha qildi.
"Bu doim davom etadigan ish bo‘lishi kerak. Aholi soni 100 mingga oshyapti. Bir yarim, ikki million turar joylar qurilyapti. Shuningdek, maktab bog‘cha va boshqalar. Bizning birinchi maqsadimiz chorrahalardagi tirbandliklarni to‘g‘rilash. Hozir 30 ta katta chorrahani yoz fasliga tayyorlayapmiz. Keyinchalik yana boshqa muammolar ham hal bo‘ladi", deydi Umurzoqov.
LiveBarchasi