Jizzaxlik taniqli bloger avtohalokatda vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Jizzaxlik bloger Orzigul O‘razmatova yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia bugun, 5 avgust kuni soat 03:00 larda Jizzax shahar, O‘ratepalik MFY hududidan o‘tuvchi Iclom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bloger boshqaruvidagi Gentra rusumli, davlat raqami 25 U 005 AA bo‘lgan avtomashinasini “Qaliya MFY-Orom bozor” yo‘nalishida ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda haydovchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlangan 2008 yilda tug‘ilgan I.M. ham tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilgan marhuma 21 yoshda bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek kinosi va teatrining taniqli vakili, O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametovaning onasi 90 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing