Qotillik va ölim haqida video tarqatgan bloger qölga olindi (video)

3-sahifa

−

image

Instagram’da Umr.Sham nomi bilan tanilgan bloger qotillik va ölim sahnasi aks etgan videoni suratga olib, tarqatgani uçun qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinişiça, bloger yaqinda xonanda Mubina Abbosxonovaning (Mubinlolo) klipiga munosabat bildirib, videorolik joylaştirgan. Unda xonanda ijodini milliy ma’naviyatga zid deb baholagan bloger uni öldiriş va jasadini qora paketga solişga işora qiluvçi sahnalarni namoyiş etgan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi xodimlari suriştiruv ötkazib, video muallifining şaxsini aniqlagan.

“Mana şu qilgan kontentim uçun hammadan uzr sörayman. Bu qilgan işimdan puşaymonman”, deya uzr söragan bloger.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Tekşiruv yakuniga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq behayo çiqişlari ortidan jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölgan aktrisa Nilufar Hamidova qamalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing