Özbekistonda 12 bloger reklama qonunçiligini buzgani uçun jazolandi
3-sahifa
−
11:38 1550 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qonunçiligi talablariga zid materiallarni joylaştirgan 12 nafar blogerga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralarini qöllanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qömita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger röyxati şakllantirilgan. Ularning sahifalarida joylaştirilayotgan reklama materiallari har kuni monitoring qilib borilmoqda.
Monitoring davomida 12 nafar bloger tomonidan “Reklama töğrisida”gi Qonun talablariga zid reklama axborotlari tarqatilgani aniqlangan. Qonunbuzilişlar yuzasidan ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy çoralar körilgan.
Şuningdek, qömita respublikada keng jamoatçilikka tanilgan qöşiqçilar, aktyor va aktrisalar hamda sportçilar röyxatini ham şakllantirgan. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga oid çiqişlari ham muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Qömita reklama beruvçilar, tayyorlovçilar va tarqatuvçilar, şu jumladan, blogerlar hamda maşhur şaxslarni reklama materiallarini joylaştirişda qonun talablariga qat’iy amal qilişga çaqirdi.
Qayd etilişiça, reklamada haqqoniylik va işonçlilikni ta’minlaş, iste’molçilarni çalğituvçi yoki tovar va xizmatlar haqida notöğri tasavvur uyğotuvçi axborotlarni tarqatmaslik talab etiladi. Qonunçilik talablarini buzgan şaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir çoralari qöllaniladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda reklama va taşqi yozuvlarni davlat tili talablariga muvofiqlaştiriş böyiça ötkazilgan monitoringlarda 4 496 ta kamçilik aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi