Mahsulotlarni bepul tarqatiş bahonasida odamlarni yiğiş taqiqlanişi mumkin

Jamiyat

−

image

Özbekistonda reklama, aksiya va boşqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyum va boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxda sotiş orqali odamlarni ommaviy tadbirga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin. Bu haqda Içki işlar vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartib-taomillarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasida söz boradi.

Hujjatga köra:

  • 100 va undan ortiq kişi qatnaşadigan konsert, sport musobaqalari, festivallar va boşqa ommaviy tadbirlar uçun yangi qoidalar belgilanadi;
  • reklama, aksiya va boşqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyum va boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxda sotiş orqali odamlarni ommaviy tadbirga jalb qiliş taqiqlanadi;
  • madaniy tadbirlar, köngiloçar-tomoşa dasturlari va sport musobaqalariga çiptalar elektron şaklda sotiladi. Bu çiptalarni belgilanganidan yuqori narxda qayta sotiş va qalbakilaştirişning oldini olişga qaratilgan;
  • ruxsatnoma olinmagunça taşkilotçiga tadbir haqida e’lon beriş, reklama qiliş, uning sanasi va joyini ma’lum qiliş hamda çipta sotiş taqiqlanadi;
  • tadbirlarda odamlar oqimini nazorat qiliş, ularning ommaviy töplaniş va ziçlaşuvini hamda bu bilan boğliq xavflarni barvaqt aniqlaş uçun dronlardan foydalaniladi;
  • qonunçilikka köra, ommaviy tadbirlar qoidalarini buzganlarning tadbirlarga kirişini jinoyat işlari böyiça sud vaqtinça çeklaşi mumkin. 2027 yildan bunday şaxslarning elektron hisobi yuritiladi.

Loyihaga köra, uşbu qoidalar yiğiliş, miting, köça yurişlari va namoyişlarni, şuningdek, töy, oilaviy, yubiley tadbirlari va vafot etganlar xotirasiga bağişlangan aza marosimlarini ötkazişga tatbiq etilmaydi.

Muhokama joriy yil 20 noyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing