Rayhon, Izzat Şukurov, “Ummon” guruhi konsertlari reklamasida qoidabuzarlik aniqlandi
O‘zbekiston
−
11:50 1262 2 daqiqa
Lolita, Ani Lorak, Rayhon Ğaniyeva, “Ummon” guruhi va boşqa san’atkorlarning konsert reklamalari qonunçilik talablariga zid ekani aniqlandi. Xususan, 27 ta e’londa jonli ijro yoki fonogrammadan foydalanilişi haqida ma’lumot berilmagan. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, qömita Instagram sahifalari va taşqi reklama ob’ektlarida joylaştirilgan konsert e’lonlarini örgangan. Natijada Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, “Ummon” guruhi, Rayhon Ğaniyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram’dagi reklamalarida ijro şakli körsatilmagani aniqlangan. Şuningdek, Toxi$, “Maşina vremeni” va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham bu haqda ma’lumot berilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yilning 8 apreldagi 207-son qaroriga muvofiq, konsert reklamasida ijro şakli “Jonli ijro”, “Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz” yoki “Fonogrammali konsert dasturi” deb aniq körsatilişi kerak.
“Reklama töğrisida”gi qonunning 44-moddasiga köra, fonogrammadan foydalanilganda, uning darajasi reklamada aks ettirilişi lozim. Taşqi reklamada uşbu ma’lumot reklama maydonining kamida 10 foizini egallaşi şart. Bundan taşqari, taşkilotçilar tomoşa boşlanişidan oldin bu haqda audioxabar berişi kerak.“Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 6-moddasida ham konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalaniş haqida axborot berilişi belgilangan.
Qömita reklama beruvçilar va konsert taşkilotçilarini e’lonlarda ijro şaklini aniq körsatişga hamda reklama qonunçiligi talablariga rioya qilişga çaqirdi. Talablar buzilişi davom etsa, qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar körilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda reklama qonunçiligi talablariga zid materiallarni joylaştirgan 12 nafar blogerga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralarini qöllanilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi11:52