Rossiyalik san’atkorlar Pxenyanda Kimga konsert qöyib berdi (video)

Olam

−

visibility2005 timer1 daqiqa

image

KXDR yetakçisi Kim Çen In rafiqasi Li Sol Çju bilan birga Pxenyanda rossiyalik san’atkorlarning konsertiga taşrif buyurdi. Konsertdan olingan videoni keça, 27 noyabr kuni CNBC telekanali e’lon qildi.

Qayd etilişiça, tadbir Şarqiy Pxenyan Katta teatrida bölib ötgan. Konsertda Rossiya Tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Aleksandr Kozlov ham iştirok etgan.

Şimoliy koreyalik tomoşabinlar oldida Rossiya xalq artisti Larisa Dolina, Butunrossiya va xalqaro tanlovlar laureati Yekaterina Andreyeva, Mariinskiy teatri solisti Gleb Knyazev hamda Osipov nomidagi Rossiya milliy akademik xalq çolğulari orkestri çiqiş qilgan.

Kadrlarda körinişiça, konsertdan söng Kim Çen In sahnaga kötarilib, rossiyalik san’atkorlarga çiqiş uçun şaxsan minnatdorlik bildirgan. Şuningdek, u konsert iştirokçilari, jumladan, Dolina va Andreyeva bilan qöl berib körişgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing