Qimmatga tuşgan işqiy munosabat: Nvidia aksiyalari keskin arzonladi

Olam

−

image

Keça, 10 noyabr kuni NASDAQ birjasida Nvidia kompaniyasining aksiyalari 6 foizdan köproqqa tuşib ketib, 167 dollarni taşkil etdi. Aksiyalar qiymatining pasayişi kompaniya boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga ayğoqçilik qilişda gumonlanayotgan ayol bilan aloqalari böyiça suriştiruv fonida ketma-ket ikki kun qayd etildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Aksiyalar narxining 6,3 foizga, 167,3 dollargaça tuşişi keça, 10 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:15 atrofida qayd etilgan. Toşkent vaqti bilan soat 23:40 holatiga köra, aksiyalar narxi 168,1 dollargaça (-5,88%) kötarilgan. Savdo ma’lumotlariga köra, sönggi beş kun içida Nvidia aksiyalari 14,6 foizga arzonlaşgan. Amerika çip işlab çiqaruvçisi eng qimmat kompaniyalar reytingidagi ikkinçi örinni boy bergan. Nvidia 2025 yildan beri birinçi marta Microsoft’dan ortda qolgan.

Eslatib ötamiz, Xuangning Xitoy fuqarosi Elis Xuang (ular familiyadoş) bilan aloqalari haqida “The New York Times” naşrining oktyabr oyi oxirida e’lon qilingan suriştiruvidan ma’lum bölgandi. Gazeta manbalarining bildirişiça, uşbu ayol yordamida Xitoy rasmiylari sun’iy intellekt uçun eng yangi mikroçiplardan foydalaniş huquqini olişga uringan.  

Joriy yilning 8 noyabr kuni Xuang bayonot e’lon qilib, unda xotiniga xayonat qilganini tan oldi va suriştiruvga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.

Nvidia direktorlar kengaşi Jensen Xuangning aloqalari böyiça suriştiruv boşladi. AQŞ Kongressi uni ayğoqçilik işi böyiça körsatma beriş uçun çaqirtirdi. Joriy yilning 9 noyabr kuni Nvidia aksiyalari 9 foizga tuşib ketgan. Sönggi 24 kun içida Nvidia kompaniyasi 1,6 trillion dollardan ortiq mablağ yöqotgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing