Nvidia dunyodagi eng qimmat uç kompaniya qatoriga qaytdi

Olam

−

visibility1264 timer2 daqiqa

image

Nvidia kompaniyasining bozor qiymati birja savdolari yakunlariga köra bir kunda qariyb 1 trln dollarga ösdi. Bunga kompaniya asosçisi va rahbari Jensen Xuangning boş direktor lavozimiga qaytişi bilan boğliq xabarlar sabab bölgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, keça, 23 noyabr kungi savdolar yakunida Nvidia aksiyalari 31,48 foizga qimmatlaşib, bir dona aksiya narxi 165,05 dollarni taşkil etgan. Natijada kompaniyaning bozor kapitallaşuvi avvalgi kungi 3,031 trln dollardan 3,985 trln dollarga yetgan. Bu bir kun içida 954 mlrd dollarlik ösişni anglatadi.

Xuangning rahbarlikka qaytişi ortidan Nvidia dunyodagi eng yirik kompaniyalar orasida ikkinçi öringa kötarilgan. Şu tariqa, u avval uçinçi örinni egallab turgan AQŞning Alphabet xoldingini ortda qoldirgan. Birinçi örinda esa Apple qolmoqda.

Kompaniya rahbari bilan boğliq mojaro noyabr oyi boşlarida omma e’tiboriga tuşgan edi. Öşanda Xuang AQŞ razvedka idoralari Xitoy maxsus xizmatlari bilan aloqador bölişi mumkin deb hisoblayotgan Megaspeed kompaniyasi asosçisi Elis Xuang bilan işqiy munosabatda bölganlikda gumon qilingan. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, ayol Xitoyga sun’iy intellekt çiplarini yetkazib beriş böyiça AQŞ çeklovlarini çetlab ötişga uriniş va josuslik gumonlari bilan tekşiruvga tortilgan. Bu holatdan keyin Xuang xodimlari va oila a’zolaridan uzr sörab, Nvidia boş direktori lavozimidan ketgan.

Mazkur mojaro tadbirkorning şaxsiy boyligiga ham ta’sir körsatgan. Natijada u “Forbes” jurnali tuzadigan dunyoning eng boy ön kişisi röyxatidan çiqib, 18-öringa tuşib ketgan. Hozirda esa Xuang uşbu reytingda 13-örinni egallab turibdi.

Eslatib ötamiz, 20 noyabr kuni AQŞ fond bozorida savdolar boşlanişi bilan Nvidia aksiyalari 5,5 foizga arzonlaşgan edi. Natijada kompaniya dunyoning bozor qiymati eng yuqori bölgan korporatsiyalari reytingida törtinçi öringa tuşib ketdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing