Apple’ning iPhone kamerasi uçun mas’ul rahbari kompaniyani tark etdi

Texnologiya

−

image

Apple kompaniyasida iPhone kamerasi va suratlar ilovasi uçun mas’ul bölgan vitse-prezident Jon Makkormak sakkiz yildan ortiq faoliyatidan keyin pensiyaga çiqdi. Uning lavozimiga hozirça yangi rahbar tayinlanmagan, vazifalari esa boşqa menejerlar örtasida taqsimlangan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Makkormak oktyabr oyi oxirida kompaniyani tark etgan. Apple uning örniga alohida voris tayinlaş örniga, vazifalarini amaldagi örinbosarlari örtasida taqsimlaşga qaror qilgan.

Kompaniyadagi qayta taşkil etiş jarayonini dasturiy ta’minot işlab çiqiş böyiça katta vitse-prezident Kreyg Federigi nazorat qiladi. U dasturiy algoritmlar, Apple’ning öz çiplari va optik uskunalarni birlaştiruvçi ixtisoslaşgan bölinmadagi özgarişlarga mas’ul böladi.

Jon Makkormak Apple’da kamera va suratlar  ilovalari, şuningdek, suratlarni qayta işlaş arxitekturasi va texnologiyalarini işlab çiqişga rahbarlik qilgan. Uning jamoasi iPhone 17 turkumi uçun yangilangan old kamera tizimini işlab çiqqan. Şuningdek, iPhone 18 Pro modellarida özgaruvçan diafragmali kamera va professional sozlamalarga ega yangi interfeys joriy etilgan.

Ma’lumotlarga köra, Makkormak suratlarni yaratiş yoki ularni sezilarli darajada özgartirişda generativ sun’iy intellektdan foydalanişga qarşi bölgan. U fotosuratlar haqiqiy voqealar va lahzalarni aks ettirişi kerak, deb hisoblagan.

Bu qaraşlar Apple’ning mahsulotlari va suratlar ilovasiga sun’iy intellekt vositalarini keng joriy etiş rejalariga mos kelmagan. Biroq agentlik manbalari Makkormakning kompaniyadan ketişi sun’iy intellekt strategiyasi böyiça kelişmovçiliklar bilan boğliq emasligini ta’kidlagan.

Uşbu özgarişlar smartfon kameralarida generativ sun’iy intellekt texnologiyalari keng qöllanilayotgan davrga töğri kelmoqda. Jumladan, Google va Samsung kabi raqobatçilar foydalanuvçilarga suratlarni sun’iy intellekt yordamida sezilarli darajada özgartiriş imkonini beruvçi vositalarni taklif qilmoqda.

Ma’lumot uçun, 2026 yil sentyabr oyi oxirida Apple boş direktori Jon Ternus kompaniyadagi ayrim boşqaruv lavozimlarini qisqartirişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, u sun’iy intellekt davrida raqobatbardoşlikni saqlaş uçun yangi qurilmalarni tezroq işlab çiqariş va yangi yeçimlarni sinab köriş jarayonlarini jadallaştirmoqçi ekani aytilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Apple kompaniyasi tarixda ilk bor sensorli ekran bilan jihozlangan MacBook Pro noutbuklarini namoyiş etganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing