20 mln dollarlik kamomad: Mahmud Usmon “Iman Invest” böyiça hujjatlarni oçiqladi (video)

Biznes

−

image

Avvalroq, Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) “Iman Invest” bilan hamkorlikni töliq töxtatganini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Şundan söng, kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov kengaş a’zosi Mahmud Usmonning da’volarini rad etdi. Endi esa Mahmud Usmon özining rasmiy sahifasida yangi bayonot berib, kompaniyadagi moliyaviy tafovutlar va investorlar mablağlari bilan boğliq masalalarni oçiqladi. Uning aytişiça, kompaniyaning 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollarlik kamomad aniqlangan.

Mahmud Usmonning aytişiça, “Iman Invest” faoliyatini tekşirgan moliyaçilar kompaniya hujjatlarida 20 mln dollarlik kamomad borligini qayd etgan. U, şuningdek, taftiş komissiyasi tuzilgani va moliyaviy masalalar muhokama qilingan hujjatlar Rustam Rahmatov tomonidan imzolanganini bildirdi. Mahmud Usmon öz Telegram-kanalida “Iman Halal Investments” yagona iştirokçisining 2026 yil 1 iyuldagi taftiş komissiyasini taşkil etiş töğrisidagi qarorini ham e’lon qildi. Hujjatda boşqaruv kompaniyasiga operatsion xarajatlarni qoplaş uçun muntazam ravişda qarz mablağlari berilgani qayd etilgan. 2026 yil 31 may holatiga köra, boşqaruv kompaniyasining qarzi 2,97 mln dollarni taşkil etgan.

Şu bilan birga, hujjatda boşqaruv kompaniyasi xarajatlarini “Iman” zimmasiga yuklaş investorlarga tölanadigan dividendlar miqdorini kamaytirişi mumkinligi körsatilgan. Bu xarajatlar qatorida iş haqi, marketing, skoring va tranzaksiya komissiyalari keltirilgan. Taftiş materiallarida 2026 yil 31 may holatiga “Iman”ning BNPL portfelidagi muammoli kreditlar miqdori 9,5 mln dollarni taşkil etgani ham qayd qilingan. Portfelning taxminan 17–18 foizini muddati ötgan qarzlar taşkil etgan. Bundan taşqari, investorlar mablağlari töliq qaytarilmasidan ayrim dividendlar tölangani yuzasidan ham e’tirozlar bildirilgan.

128 ming dollarlik Mercedes-Benz S500 xaridi

Taftiş komissiyasi hujjatlarida Rustam Rahmatov foydalanişi uçun xarid qilingan Mercedes-Benz S500 avtomobiliga oid bitim ham tanqid qilingan. Qarorda keltirilişiça, 2026 yil 10 aprelda “Founders Trust ” MÇJ hisobiga 128 ming dollar ötkazilgan. Taftiş komissiyasi uşbu mablağ avtomobil xaridiga sarflanganini qayd etib, bitim kompaniya va investorlar manfaatlariga muvofiq emas, degan xulosaga kelgan. Komissiya avtomobilga oid hujjatlarni taqdim etiş, uni sotiş yoki mablağni qaytariş orqali ehtimoliy zararni qoplaş çoralarini körişni belgilagan. Şuningdek, Rustam Rahmatov bilan 2023 yil 1 dekabrda tuzilgan BYD Champion avtomobilini muddatli tölovga oliş şartnomasi böyiça tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmagani ham qayd etilgan.

Mahmud Usmon hujjatlar bilan Rustam Rahmatov şaxsan tanişgani va ularni imzolaganini aytmoqda. U bir neça soat davom etgan Zoom yiğilişlarining yozuvlarini ham e’lon qilişini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, ayrim yiğilişlar tört, beş, hatto ön soat davom etgan. Materiallarni Telegram, Instagram va YouTube orqali tarqatiş rejalaştirilgan.

“Uluş söramaganman, yetimxonaga berişni aytganman”

Mahmud Usmon Rustam Rahmatovning kompaniyadan uluş talab qilgani haqidagi da’volarini rad etdi. Uning ta’kidlaşiça, aksinça, kompaniya rahbariga öz uluşini yetimxonaga berişni taklif qilgan va uni rahbarlikdan ketişga çaqirgan.

“Kerak emas menga uluşing, dedim. Yetimxonaga berib yubor dedim, menga uluş kerak emas, sen ketgin, odamlarning puli sening qölingda qolmasin, örningga boşqa rahbar qöyib, yöq bölib ketgin şu kompaniyadan dedim”, deydi Mahmud Usmon.

Uşbu suhbatga Şayx Abror Muxtor Aliy ham guvohlik berişi mumkinligini aytgan Mahmud Usmon Rustam Rahmatovning öziga nisbatan bildirgan ayblovlari yuzasidan sudga murojaat qilib, huquqlarini himoya qiliş niyatida ekanini bildirgan.

Şayx Taqiy Usmoniyga ham hujjatlar yuborilgan

Mahmud Usmon kompaniya faoliyatida şubhali deb hisoblayotgan tranzaksiyalarga oid hujjatlar prokuratura va tegişli taşkilotlarga topşirilganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, Rustam Rahmatov avval Şayx Muhammad Taqiy Usmoniyning öğli Şayx Hasan bilan hamkorlik qilişi haqida gapirgan, keyinçalik esa Şayx Taqiy Usmoniyning özi bilan işlaşini bildirgan.

“Biz Şayx Taqiy Usmoniyga özimizning xulosamizni va uning barça dalillarini yetkazib qöyganmiz”, deydi Mahmud Usmon özining video murojaatida.

Uning ta’kidlaşiça, kompaniya faoliyati yuzasidan tayyorlangan xulosalar va dalillar arab tilida ham yuborilgan. Mahmud Usmon Şayx Taqiy Usmoniyning kompaniya bilan hamkorlik qilişiga şubha bildirgan, ammo bu masalaga vaqt oydinlik kiritişini aytgan.

Şuningdek, u ayrim vositaçilar va diniy ulamolar unga ehtiyot bölişni tavsiya qilganini ma’lum qildi. Biroq kompaniya faoliyatiga oid ma’lumotlarni oşkor qilişni jamoatçilik oldidagi vazifasi deb hisoblaşini ta’kidladi.

Eslatib ötamiz, 25 oktyabr kuni Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) “Iman Invest” bilan barça hamkorlikni töxtatganini e’lon qilgan edi. Kengaşning dastlabki xulosalarida investorlar mablağlaridan foydalaniş bilan boğliq jiddiy qoidabuzarliklar va bir neça million dollarlik kamomad haqida aytilgan.

Kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov esa bu da’volarni rad etib, kelişmovçilik Mahmud Usmonning xizmat haqlarini kamaytiriş va kompaniya aksiyalaridan uluş berilmagani bilan boğliqligini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing