Tojikistonda 2 mingdan ortiq davlat hujjati SI yordamida öğirlandi
Olam
−
09:56 498 2 daqiqa
Qozoğiston bilan aloqador xakerlar guruhi sun’iy intellektdan foydalanib, Tojikistonning milliy xavfsizlikka oid 2 mingdan ortiq davlat hujjatini öğirladi. Bu haqda kiberxavfsizlik bilan şuğullanuvçi CloudSek kompaniyasi hisobotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Singapurda joylaşgan CloudSek kompaniyasi xakerlar faoliyatini kuzatiş davomida ularning Hermes deb nomlangan oçiq kodli, avtonom sun’iy intellekt agentlari tizimidan foydalanganini aniqlagan. Xakerlar serverni internetda oçiq qoldirib ketgani sababli kompaniya ularning faoliyatini foş etgan.
Ma’lumotlarga köra, xakerlar taxminan avgust oyining örtalarida Hermes yordamida razvedka işlarini olib borgan. Oradan bir neça hafta ötib, ular Tojikistonning elektron hujjatlar tizimiga kirişga muvaffaq bölgan.
Şundan söng sun’iy intellekt agenti hujjatlarni yuklab oliş, tartibga soliş va ularni öğirlaşni osonlaştiriş uçun kiçik hajmdagi qismlarga ajratişga möljallangan maxsus dastur yozgan.
Kompaniya aniqlagan ma’lumotlar orasida xakerlarning sun’iy intellekt agentiga bergan körsatmalari ham bölgan. Unda Hermes özini kiberhujumlarni amalga oşirişga ixtisoslaşgan mutaxassis sifatida tutişi, hujumlarni rejalaştirişi, bajarişi va natijalar böyiça hisobot tayyorlaşi kerakligi körsatilgan.
CloudSek xakerlar guruhini “Silent Lynx” deb atagan. Boşqa tadqiqotçilar ham uşbu guruhni Qozoğiston bilan boğlagan. Xakerlar rus tilida muloqot qilgan, Qozoğistondagi iş vaqtiga mos ravişda faoliyat yuritgan va serverga köpinça Qozoğistondagi uy interneti orqali kirgan.
Qozoğiston va Tojikiston rasmiylari Reuters agentligining izoh sörab yuborgan murojaatlariga hozirça javob bermagan. Xakerlar guruhi bilan ham boğlanişning imkoni bölmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya hukumati mamlakatdagi yuzlab supermarketlarning muzlatkiç va sovutiş uskunalariga qilingan kiberhujum ortida Eron turganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi