Islom moliyasi kengaşi va “Iman Invest” örtasida mojaro: tomonlar qarşi bayonot berdi (video)

Jamiyat

−

image

Keça, 25 oktyabr kuni Islom moliyasiga muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) “Iman Invest” bilan hamkorlikni zudlik bilan va töliq töxtatganini e’lon qildi. Bu haqda kengaş a’zolari – islom moliyasi böyiça xalqaro auditor Mahmud Usmon va xalqaro huquqşunos Husayn Rajabov bayonot berdi.

Mahmud Usmonning bayonotiga köra, kompaniya faoliyati böyiça yakuniy xulosa berilmagan, şar’iy auditoriya jarayoni esa davom etgan. 2026 yil iyul oyida kengaşga kompaniyadagi şubhali tranzaksiyalarni aks ettiruvçi hujjatlar kelib tuşgan. Şundan söng, xalqaro moliyaçilar, huquqşunoslar va şar’iy auditorlardan iborat taftiş komissiyasi tuzilib, uç yarim oy davomida tekşiruv olib borilgan. Moliyaviy tekşiruvlar 15 oktyabr kuni yakunlangan.

“Kengaş “Iman Invest” bilan ikki yildan ziyod hamkorlikda bölganiga qaramasdan, şu davrgaça bu tranzaksiyalar kengaşga tasdiqlaşi uçun taqdim etilmagan. Kengaş bu muammolarning kölamini aniqlaş va iloji bölsa bartaraf etiş böyiça körsatmalar va muddatlar belgiladi. Muammoni aniqlaş maqsadida xalqaro toifadagi moliyaçilar, xalqaro toifadagi huquqşunos va şar’iy auditordan iborat taftiş komissiyasi tuzilib, içki moliyaviy, huquqiy va şar’iy tekşiruvlar ötkazildi. Oxirgi uç yarim oy davomida muammo kölami, sabablari, yeçimlari, imkoniyatlari örganildi. 15 oktyabr kuni moliyaviy tekşiruvning eng oxirgi natijalari ma’lum böldi”, deydi Mahmud Usmon.

IFCB xulosasiga köra, kompaniya rahbariyati investorlar mablağlaridan islom moliyasi tamoyillari, içki hujjatlar va Özbekiston qonunçiligiga zid ravişda foydalangan. Xususan, “Iman Invest” mudoraba asosida faoliyat yuritişiga qaramay, investor kapitali yoki uning bir qismi qaytarilmaydigan holatga kelgan paytda ham foyda taqsimlangani aytilgan. Şuningdek, investorlar mablağlari qimmatbaho avtomobillar va xonadonlar xaridi, şaxsiy manfaatlar hamda ma’muriy xarajatlarga sarflangani ta’kidlangan.

Kengaş ma’lumotiga köra, buning oqibatida kompaniyada bir neça million dollarlik kamomad yuzaga kelgan. Kengaş vakili investorlar mablağlarini qaytariş talabi qöyilgan taqdirda, kompaniya uşbu majburiyatlarni töliq bajara olmasligi mumkinligini bildirgan. Şu sababli aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilib, zarar qoplanmagunça kengaş “Iman Invest”ga mablağ kiritişni şariat nuqtai nazaridan tavsiya etmasligini ma’lum qilgan.

“Iman Invest” asosçisi ayblovlarni rad etdi

“Iman Invest” kompaniyasi asosçisi Rustam Rahmatov Mahmud Usmon tomonidan kompaniya faoliyatiga nisbatan bildirilgan davolarni rad etdi. Uning aytişiça, tomonlar örtasidagi kelişmovçilik xizmat haqlarini kamaytiriş masalasi va kompaniya aksiyalaridan uluş söralişi ortidan yuzaga kelgan. Rahmatovning bildirişiça, Mahmud Usmon bilan ikki yarim yillik hamkorlik davomida unga 100 ming dollardan ortiq xizmat haqi tölangan. Keyinçalik kompaniya uşbu tölovlarni kamaytirişga qaror qilgan. Şuningdek, Mahmud Usmon “Iman xolding” aksiyalaridan uluş söragan. Rahmatov esa kompaniya şeriklari bilan maslahatlaşib, bu taklifni rad etgan. Şundan söng tomonlar örtasida kelişmovçilik yuzaga kelgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Mahmud Usmon tomonidan kompaniyamizga keltirilgan da’volarga qöşilmaymiz. Çunki har bir ayblov dalil asosida bölişi kerak. Biz Mahmud Usmon bilan ikki yarim yil davomida hamkorlik qildik va şu hamkorlik davrida oylik sifatida 100 ming dollardan köproq oylik töladik. Kelişmovçiligimiz aynan biz şu oylik tölovlarni kamaytirişimizdan boşlandi va undan taşqari bizdan katta uluş söraldi, ya’ni “Iman” holdingining aksiyalari söraldi va biz şeriklarimiz bilan maslahatlaşib, rad javobini berdik va natijada siz körgan video çiqdi. Musulmonning şa’ni va mulki boşqa musulmon uçun harom”, deydi kompaniya asosçisi.

Rahmatovning ma’lum qilişiça, Mahmud Usmon bilan hamkorlik töxtatilganidan keyin kompaniya Şayx Muhammad Taqiy Usmoniy bilan hamkorlikni boşlagan. Yangi audit natijalari taxminan bir oy içida e’lon qilinadi. Şuningdek, kompaniya ikki yil avval auditdan ötib, şar’iy talablarga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa olganini bildirgan. Ötgan yil va joriy yil faoliyati böyiça tekşiruv natijalari ham jamoatçilikka taqdim etilişi aytilgan.

Kompaniya asosçisi şar’iy masalalarda qarorlar bir kişining fikriga emas, kengaşning umumiy xulosasiga tayanişi lozimligini qöşimça qilgan. Şu maqsadda bir neçta ulamolar iştirokida yangi şar’iy kengaş tuzilmoqda. Kelgusida kompaniyaning yangi xizmatlari va şartnomalari uşbu kengaş tomonidan körib çiqiladi. Kengaş tarkibini yaqin kunlarda e’lon qiliş rejalaştirilgan.

Rahmatov investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar öz kuçida qolişini alohida ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, yuzaga kelgan kelişmovçilik kompaniyaning uşbu majburiyatlariga ta’sir qilmaydi.

“Sizdan har qanday tekşirilmagan va isboti yöq ma’lumotlarga işonmasligingizni iltimos qilaman va bu tuşunmovçilikni albatta qonun orqali hal qilamiz”, deydi Rustam Rahmatov.

“Iman Invest”ning faoliyati nimalardan iborat?

“IMAN HALAL INVESTMENTS” mas’uliyati çeklangan jamiyati 2019 yil 24 aprelda davlat röyxatidan ötgan. Org.info ma’lumotlariga köra, kompaniyaning ustav fondi 10,1 mlrd sömni taşkil etadi. Korxona rahbari sifatida Zuhrillohöja Ruxillo öğli Boboyev körsatilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi kompyuter dasturlaştiriş sohasiga tegişli.

“Iman Invest” öz faoliyatini islom moliyasi tamoyillariga asoslangan investitsiya xizmatlari bilan boğlaydi. Kompaniya platformasida investitsiya kiritiş, biznes loyihalarida şerik sifatida iştirok etiş va mahsulotlarni muddatli tölov asosida xarid qiliş kabi xizmatlar taklif etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing