Jizzaxda tungi klublarning 500 ga yaqin reklamasi qonunga zid deb topildi

3-sahifa

−

image

Jizzax şahridagi ikki tungi klubning Instagram sahifalarida joylaştirilgan 500 ga yaqin reklama roligida milliy va oilaviy qadriyatlar hamda umume’tirof etilgan axloq normalariga zid tasvirlardan foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, qömitaning Jizzax viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan joriy yilning sentyabr–oktyabr oylarida şahardagi tungi klublar reklamasi örganilgan. Xususan, “JIZZAX LEADER FOOD” MÇJ hamda “AZIZ BOG‘ISHAMOL KLUB” MÇJga qaraşli tungi klublarning Instagram sahifalaridagi reklama materiallari tahlil qilingan.

Örganişlar davomida qariyb 500 ta videorolikda milliy va oilaviy an’analar, şuningdek, axloq va ma’naviyatning umume’tirof etilgan normalariga zid tasvir va obrazlar joylaştirilgani aniqlangan.

Uşbu reklamalarga huquqiy baho beriş uçun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Jizzax viloyati bölimiga murojaat qilingan. Taqdim etilgan xulosaga köra, reklama materiallari “Reklama töğrisida”gi qonunning 16-moddasi (Reklamaga doir asosiy talablar) talablariga zid deb topilgan.

Şundan söng har ikki tungi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan qonunçilik talablariga zid reklama materiallari olib taşlangan. Qömita ma’lumotiga köra, bu orqali jami 120 mingdan ortiq obunaçi nomaqbul reklama materiallari ta’siridan himoyalangan.

Raqobat qömitasi reklama beruvçilar va tarqatuvçilarni qonunçilik talablariga rioya qilişga, reklama materiallarini joylaştirişda milliy qadriyatlar hamda jamiyatda e’tirof etilgan axloq normalarini hisobga olişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda joriy yilning sakkiz oyida tekşirilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi sifat talablariga javob bermagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing