Toshkentda “kotta bollar”ning mashinasi yonib kul bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
15 iyun 6803 1 daqiqa
Bugun, 15 iyun kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida Gentra yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 iyun kuni soat 00:33 da Shahrisabz va Oybek ko‘chalari kesishmasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipaji manzilga soat 00:39 da yetib borgan, yong‘in esa soat 00:42 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirobod tumanida Gentra yonib ketgan edi.