Miroboddagi omborga o‘t ketdi
3-sahifa
−
05 Avgust 3054 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Mirobod tumani Eski Otchopar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 12:58 da Mirobod tumani Eski Otchopar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 13:17 da o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi elektr qutisida yong‘in sodir bo‘lgandi. Shuningdek, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi choyxonada ham yong‘in sodir bo‘lgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr