O‘zbekiston Taekvondo terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Toshkentda o‘ldirib ketildi

3-sahifa 18165
image

15 iyun kuni Toshkent shahrida sobiq O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi bosh murabbiyi Kim Jin Yong o‘zining tanish hamkasbi hamda vatandoshi tomonidan o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda hozircha O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridan ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi. Quyida keltirilayotgan faktlar Koreya mahalliy matbuoti tomonidan tasdiqlangan. 

Jabrlanuvchi tezda shifoxonaga yetkazilgan va 6 soatlik operatsiya qilingan. Biroq jarohat og‘irligidan 16 iyun tongida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, ammo yaqin atrofdagi IIB xodimlari tomonidan ushlangan. U 1 oy oldin O‘zbekistonga kelgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kim Jin Yong O‘zbekiston taekvondo terma jamoasida 2020 yilning fevralidan dekabriga qadar faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea Tokio Olimpiadasi boshlanishiga 1 oy qolganda yuz berdi. Olimpiadaga o‘zbekistonlik taekvondochilarga tarixda ilk bor 4 ta yo‘llanma taqdim etilgan va unda ular to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1272
Reyting: 3
t
×