Superligaga “bosh qo‘shgan” 6 ingliz klubi jarimaga tortildi

Sport 2949
image

Angliya Premer-Ligasining 6 grand klubi bo‘lmish “Tottenhem”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” hamda “Chelsi” yangi — Superliga musobaqasiga aralashgani bois Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda “Sportmail” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, APL ham Superliga tuzilishiga qarshi, ular UEFA’ning qarorini qo‘llab-quvvatlashmoqda hamda Superliga tashkilotchilariga jiddiy choralar qo‘llash tarafdori. Shu sababli, 6 klub jami 22 million funtga (har biri 3,5 milliondan) jarimaga tortildi.

Ma’lumot uchun, 3 oy avval “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres boshchiligida Yevropaning 12 grand klubi yangi “Yevropa Superligasi”ni tuzishmoqchi edi, biroq mojarolardan so‘ng, UEFA bunga yo‘l qo‘ymadi. Biroq hozir ham “Yuventus”, “Real Madrid” va “Barselona” klublari bu niyatidan qaytgani yo‘q.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 116
Reyting: 2.9
t
×