Buyog‘iga Italiyani faqat favoritlar safida ko‘rasiz — Manchini

Sport 1650
image

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Angliyaga qarshi kechgan Yevro-2020 final bahsidan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Yigitlar yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Biz juda tez gol o‘tkazib yubordik va o‘zimizga qiyinchilikni olib keldik. Ammo, biz shundan so‘ng maydonda ustunlik qildik. Yigitlar — fantastik. Boshqa nima deyishni ham bilmayman.

Bu g‘alaba xalq va muxlislar uchun muhimdir. Biz g‘alabali o‘yinda yaxshi o‘ynaganimizdan baxtlimiz. Umid qilamanki, muxlislar hozirda bayram qilishmoqda. Italiyaning shonli davrlari qaytyapti, buyog‘iga bizni faqat favoritlar safida ko‘rasiz”, deydi Manchini.

Qayd etish kerakki, Roberto Manchini JCH-2018 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng jamoani qabul qilib olgan va u “moviy gvardiya” bilan ilk bor katta musobaqada g‘olib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, Manchini qo‘l ostida jamoa 34 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Jahon rekordigacha esa atigi bitta bahs qoldi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 19
Reyting: 3.1
t
×