“Black lives matter” — Premer-ligada irqchilik borasida keskin qarorlar qabul qilindi

Sport 3189
image

Endilikda Premer-ligada irqchilik va kamsitish holatlari qayd etgani uchun har qanday insonning chempionat barcha o‘yinlarida qatnashishi umrbod taqiqlanadi. Bu haqda Premer-liga rasmiy sayti ma’lumot bermoqda.

Unga ko‘ra, Premer-liga reglamentining irqchilik-rasizm bo‘limiga yangi choralar va qarorlar kiritilgan. Angliya klublarining barchasi bu qaror tufayli muxlislarni stadionga kirgizmaslik borasidagi qarorga rozi bo‘lishgan. Ya’ni, bundan buyon, har qanday o‘yin ishtirokchisiga nisbatan shaxsan yoki ijtimoiy tarmoqlarda qo‘pol muomalada bo‘lgan istalgan kishiga nafaqat o‘zi qo‘llab-quvvatlagan jamoa stadionida, balki Premer-liganing barcha o‘yinlariga kirish uchun taqiq qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, bu kabi holatlarning barchasi endilikda politsiya bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, endi Premer-liga styuardlari muxlislarning kamsituvchi xatti-harakatlarini aniqlash va ularga javob berishga o‘rgatiladi va bu ishga ular mas’ul bo‘lishadi. Agar biror futbolchi yoki murabbiylar shtabi a’zosi qaysidir muxlisning irqchilik qilganini sezsa va shu yuzasidan politsiyaga arz qilsayu, styuardlar ularni aniqlab berolmasa, ularga nisbatan ham jiddiy choralar ko‘rilishi aytilgan.

Bu qarorni ommalashtirish va amalga tatbiq qilish uchun Liganing barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu borada ishlanadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 53
Reyting: 3
t
×