Jarohat sabab mavsumni erta yakunlagan Nadal o‘zini golfda sinab ko‘rdi

Sport 895
image

Mashhur tennischi, jahonning beshinchi raqamli raketkasi Rafael Nadal katta tennisdagi mavsumni muddatidan erta yakunlagani sababli o‘zini yana golfda sinab ko‘rdi.

Ispaniyalik tennischi o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan golf bo‘yicha Balear orollari chempionatida ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, Nadal ushbu turnirda oltinchi o‘rinni egalladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rafael Nadal oyog‘idagi jarohat tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan. Shifokorlarning ma’lumot berishicha, u yangi mavsum startiga qadar safga qaytishi mumkin.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 10
Reyting: 3.3
t
×