Maktabga kirmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi soxta bo‘lib chiqdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 5 mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda soat 15:30 atrofida Milliy gvardiya xodimini maktab qorovuli kirish joyida to‘xtatgan. Ushbu shaxs Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekanligi aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u soxta guvohnomani ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytgan. Maktab ma’muriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmagani va ushbu xodim maktabga biriktirilmagani haqida ma’lumot bergan. Soxta xodim qalbaki guvohnomani topshirmasdan Milliy gvardiya xodimlariga ham qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirish so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, xatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan. Shunday bo‘lsa-da, uning bu kabi nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta tushuntirilib, tinchlantirilgan.

Hozirda fuqaro U.X. dan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va soxta guvohnomasi olib qo‘yilib, uning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi bo‘lgani sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing