O‘zbekistonda saylov
Jamiyat
−
26 iyul
7840Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi.
Saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi. Ya’ni, saylanadigan har besh nafar nomzodning 2 nafari ayol kishi bo‘lishi kerak.
Shuningdek, deputatlikka nomzod saylanish uchun saylovchilarning nisbiy ko‘pchiligi ovozini olishi belgilandi. Unga ko‘ra, nomzod tegishli saylov okrugida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz to‘plagan taqdirda deputat bo‘lib saylanishi mumkin bo‘ladi va shu orqali takroriy ovoz berishni tashkil etish talab etilmaydi.
Ma’lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 2024 yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarini deputatlarini aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, deputatlarning 75 nafari majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodga ovoz berish yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim asosida, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi.
LiveBarchasi