Cheferin UEFA prezidenti lavozimiga yana nomzodini qo‘ymoqchi
Sport
−
12:52 362 1 daqiqa
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin yana bir bor ushbu lavozimga nomzodini qo‘yish niyatida. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Cheferin o‘z qarorini Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilot delegatlariga ma’lum qilgan.
O‘tgan oyning boshida Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi yig‘ilishida “Pari Sen-Jermen” prezidenti Nosir Al-Xelayfiy ham Cheferinni ochiq qo‘llab-quvvatlab, uni yana bir muddatga nomzodini qo‘yishga chaqirgan edi.
Ma’lumot uchun, 58 yoshli Aleksander Cheferin 2016 yildan buyon UEFA’ga rahbarlik qilib kelmoqda. U bundan avval Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lgan. Agar qayta saylansa, Cheferin UEFA prezidenti sifatida to‘rtinchi muddatga ish boshlaydi va Yevropa futboliga rahbarlik qilishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA prezidenti Infantino 2027 yil 18 mart kuni Rabotda bo‘lib o‘tadigan tashkilot prezidentlik saylovida yana bir muddatga nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi