“Ov miltig‘i” ikkinchi muddatga Yevrokomissiya rahbarligiga nomzod bo‘ldi

Olam

image

Yevrokomissiyaning amaldagi rahbari Ursula fon der Lyayen ushbu lavozimga yana o‘z nomzodini qo‘yishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Yevroparlament a’zosi Zigfrid Muresan kecha, 5 mart kuni xabar berdi.

Ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat Yevropa xalq partiyasining Ruminiya poytaxti Buxarestdagi siyosiy assambleyasi tomonidan berilgan. Ursula fon der Lyayen Germaniya siyosatidagi 29 yillik faoliyati davomida turli taxallus va laqablarni olgan. Bular "Senzura kengashi", "Ov miltig‘i” kabilar bo‘lgan. Bundan tashqari, Yevrokomissiya rahbarligiga kirishganda irlandiyalik deputat Kler Deyli uni G‘azo sektorida urush qo‘zg‘atganlikda ayblab, “Frau genotsidi” deya atagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oy Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya rahbari sifatida ikkinchi muddatga saylanish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. 2024 yilning 6-9 iyun kunlari Yevropada saylovlar bo‘lib o‘tadi. Iyun oyida Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 mamlakatdagi saylov huquqiga ega bo‘lganlar Yevroparlamentda kim vakillik qilishini tanlaydi. Germaniya Federativ Respublikasida saylov 2024 yil 9 iyun yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko 2025 yilgi saylovlarda ishtirok etish niyati borligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen Evrokomissiya nomzod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing