Japarov prezidentlik saylovida yana nomzodini qo‘yishini aytdi (video)
Olam
−
10:27 817 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov navbatdagi prezidentlik saylovida ishtirok etib, ikkinchi muddatga saylanish uchun nomzodini qo‘yish niyati borligini bildirdi. U bu haqda jurnalist Ali Toktakunovga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men yana bir muddatga nomzodimni qo‘yish va ishimni davom ettirish niyatidaman. Saylovda ishtirok etishni istaganlar nomzodini qo‘ysin. Hech kimni cheklamaymiz”, degan Sadir Japarov.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027 yil 27 yanvar kuni o‘tkazilishi kerak.
Amaldagi mamlakat rahbari Sadir Japarov 2021 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovida 79,2 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan. U 2021 yil 28 yanvar kuni prezident lavozimiga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevni 2027 yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorlamoqchi bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi