“Hukumatni maqtamang”. Japarov öziga bağişlangan şe’rni öqişga ruxsat bermadi

Olam

−

image

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Çuy viloyatida aholi bilan uçraşuv vaqtida uning şarafiga şe’r öqimoqçi bölgan ayolni töxtatdi. U bunday çiqişlar odamlar Prezidentni maqtaş uçun maxsus yiğilgan degan taassurot uyğotişini aytdi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, keça, 6 noyabr kuni Sokuluk tumani aholisi bilan uçraşuvda mahalliy ayollardan biri dastlab öz murojaatini bildirgan, söng Prezidentga bağişlangan şe’rni öqimoqçi ekanini aytgan. Biroq Japarov undan şe’rni öqimaslikni söragan.

“Hukumatni maqtamang. Bu bilan siz meni ham, özingizni ham noqulay ahvolga solasiz. Keyin meni maqtaydigan “navbatçi” fuqarolarni yiğibdi, deb gapirişadi”, degan Prezident.

Japarov aholining uning şa’niga maqtovlar aytişi uçun maxsus taklif qilingan, degan taassurot paydo bölişini istamasligini bildirib, şe’rni tinglaşdan boş tortgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov hukumatga bir oy muddatda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga olib kirişni taqiqlaş masalasini körib çiqişni topşirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing