Andijonda Qirğizistonning Boş konsulxonasi oçiladi
Jamiyat
−
12:51 335 1 daqiqa
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Qirğiziston Respublikasining Özbekistonning Andijon şahrida Boş konsulxonasini oçiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Hujjatga köra, yangi diplomatik vakolatxonaning konsullik okrugi Özbekistonning uçta viloyatini – Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.
Boş konsulxonaning asosiy vazifasi Özbekistonda bölib turgan Qirğiziston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda ularga konsullik xizmati körsatişni ta’minlaşdan iborat.
Bundan taşqari, vakolatxonaning oçilişi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytiriş hamda fuqarolar uçun yanada qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan.
Vazirlar Mahkamasiga Boş konsulxonani oçiş bilan boğliq taşkiliy va moliyaviy masalalarni hal qiliş hamda zarur normativ-huquqiy hujjatlarni farmonga muvofiqlaştiriş topşirilgan.
Farmon 10 kundan keyin kuçga kiradi.
Live
Barchasi