Japarov yana prezidentlikka nomzodini qöyiş uçun ariza berdi
Olam
−
15:55 679 2 daqiqa
Prezident Sadir Japarov Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) davlat rahbari lavozimiga öz nomzodini körsatiş töğrisida ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Qirğiziston MSK xabar berdi.
Sadir Japarov saylovda öz-özini körsatiş tartibida iştirok etiş niyatida.
Bugun, 10 noyabr holatiga köra, komissiyaga prezidentlikka nomzodlar körsatiş böyiça oltita ariza kelib tuşgan. Avvalroq Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov, Siymik Japikeyev, Akay Qidirov va Is’hoq Masaliyev saylovda iştirok etiş niyatida ekanliklarini ma’lum qilişgandi.
Ma’lumot uçun, Qirğiziston prezidenti saylovida nomzodlarni körsatiş muddati joriy yilning 13 noyabriga qadar davom etadi. Saylov 2027 yil 27 yanvarda bölib ötadi.
2026 yil 6 dekabrda Sadir Japarov 58 yoşga töladi.
U birinçi marta 2021 yil 10 yanvardagi muddatidan oldin bölib ötgan saylovda 79,2 foiz ovoz bilan prezident etib saylangan. Öşa yilning 28 yanvarida lavozimga kirişgan.
U saylangan paytda amalda bölgan Konstitutsiyaga köra, vakolat muddati olti yilni taşkil etardi. 2021 yilda qabul qilingan yangi Asosiy qonun beş yillik muddatni va prezidentlik lavozimini ikki muddatdan ortiq egallamaslikni nazarda tutadi. Konstitutsiyaviy sud Sadir Japarovning olti yillik muddati birinçi muddat deb hisoblanişini tasdiqladi. Şunday qilib, u bölajak saylovlarda ikkinçi beş yillik muddatga da’vogarlik qiladi.
Live
Barchasi