O‘zbekistonda harorat ketma-ket 5 kun juda issiq bo‘ladi
Bu qiziq
−
24 iyul
37021Joriy yilning 25-29 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika hududining katta qismida(Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
LiveBarchasi