Britaniya Netanyaxuning hibsga olinishiga qarshilik bildirmaydi

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berish bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirishdan bosh tortdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Leyboristlar partiyasi yetakchisi, Bosh vazir Kir Starmer Netanyaxuni hibsga olinishiga qarshi chiqish siyosati avvalgi hukumatga tegishli ekanini bildirgan.

“Sudning hibsga olish borasidagi orderiga qarshi chiqishga keladigan bo‘lsak, u joriy yilning 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan oldin saylovoldi dasturida ilgari surilmagan. U avvalgi hukumatning taklifi. Tasdiqlashim mumkinki, hozirgi hukumat mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq, ushbu yo‘nalishga amal qilmaydi. Bu sud hal qilishi kerak bo‘lgan masala hisoblanadi”, degan Starmer.

Shuningdek, mamlakat vazirlari bir necha kun ichida qo‘shimcha o‘zgarishlar, jumladan, Isroilning xalqaro qonunlarga rioya qilishini tekshirish natijalarini e’lon qilishlari ham kutilmoqda. Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ham Isroilga qurol-yarog‘ sotishni taqiqlash haqida o‘ylayotganiga ishora qilgan.

Sobiq bosh vazir Rishi Sunak joriy yilning may oyida Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning amaldagi prokurori Karim Xonning qarorini tanqid qilgan va bir oy o‘tgach, uning hukumati Xalqaro sudga Isroil fuqarolari ustidan sud yurisdiksiyasiga ega ekanligi haqidagi fikrga huquqiy e’tiroz bildirishini aytgan. Sababi, Karim Xon HAMASning uch nafar yetakchisi Yahyo Sinvar, Muhammad Daif va Ismoil Xoniya, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun order berishni talab qilgandi. Xonning aytishicha, Isroil demokratik davlat va o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Ammo bu insoniyatga qarshi jinoyat qilish kerak degani emas.

Leyboristlarning yuqori martabali vakillari sud mustaqilligini hurmat qilishini uzoq vaqtdan beri ta’kidlab kelgan.

“Leyboristlarning pozitsiyasi shundaki, Xalqaro jinoiy sud Bosh prokurorining hibsga olish uchun order berish to‘g‘risidagi qarori sud va prokuror uchun mustaqil masaladir”, degan mamlakat Tashqi ishlar vaziri Lemmi ham.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, hukumatning bunday qarori Xonning Netanyaxuni hibsga olish haqidagi iltimosi qondirilishini anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan hibsga olish uchun order berilishi mumkinligidan jiddiy xavotirdaligini bildirgandi. Sud esa Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi operatsiya davomida harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olish orderlari masalasini ko‘rib chiqishni kechiktirishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Bin'yamin Netan'yaxu Gaaga sudi Karim Xon Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made