Şimoliy Yevropa mamlakatlari Rossiyaga qarşi dengiz ittifoqini tuzyapti
Olam
−
11:59 526 2 daqiqa
Qöşma ekspeditsion kuçlar (Joint Expeditionary Force, QEK) tarkibiga kiruvçi Şimoliy Yevropa mamlakatlari harbiy-deңgiz flotlari şerikligi va texnika hamda dengizçilarni tayyorlaş uçun yagona standartlarni yaratiş töğrisidagi bitimni imzoladi. Bu haqda “UK Defence Journal” xabar berdi.
Britaniya Qirollik harbiy-deңgiz floti ma’lumotlariga köra, önta davlat harbiylari yagona tayyorgarlik standartlari va moslaşuvçan uskunalardan foydalanadi. Jangovar kemalar ittifoqçilarning portlarida ta’mirlanişi va zaxiralarini töldirişi mumkin böladi, bir mamlakat qömondonligi esa samaradorlikni yöqotmagan holda operativ nazoratni boşqasiga topşirişi mumkin.
Bitim, şuningdek, suvosti infratuzilmasiga tahdidlarni öz içiga olgan holda, qurolli nizo çegarasidan past bölgan duşman harakatlariga qarşi turişni ham qamrab oladi. Yangi tuzilma şimolda NATOning dengizdagi avangardiga aylanişi va keng kölamli safarbarlik yuz bergan taqdirda bemalol alyans qömondonligi ostiga ötişi kutilmoqda.
Qayd etilişiça, bitim Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-deңgiz flotining “HMS Prince of Wales” aviataşuvçisi bortida imzolangan. QEK tarkibiga, şuningdek, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Şvetsiya, Islandiya, Daniya, Latviya, Litva va Estoniya kiradi. Birlaşma iştirokçilari axborot almaşiş va konsultatsiyalardan harbiy-dengiz, havo va quruqlikdagi kuçlarning amaliy hamkorligiga ötiş niyatida.
Buyuk Britaniya Boş ştabi rahbari Riçard Nayton qirollik Rossiya tahdidiga qarşi turişda yevropalik ittifoqçilariga “yetişib olişi” zarurligini qayd etgan. U agressor çegaralariga yaqinroq joylaşgan mamlakatlar Ukrainadagi uruş oqibatlarini va özlari uçun potensial xavflarni yanada ötkirroq his qilayotganini bildirgan.
“Bu mening xotiramdagi eng xavfli davr”, deydi harbiy qömondon.
Uning fikriça, Moskvaning eskalatsiyaga boriş tayyorgarligi “oçiqçasiga ortgan”, “gibrid faoliyat” tuşunçasi esa sodir bölayotgan hodisalarning butun jiddiyligini aks ettirmay qöygan.
“Söz maqsadli qotilliklar, diversiyalar, kiberatakalar haqida bormoqda. Bu Rossiya davlatining mutlaqo real harakatlaridir va bunga Yevropa hamda qisman Buyuk Britaniyada dalillar bor”, deydi Nayton.
Live
Barchasi