Meva va sabzavotlarning eng foydali qismi çiqindiga taşlanadi – tadqiqot
Salomatlik
−
18:42 1668 2 daqiqa
Buyuk Britaniyada ötkazilgan tadqiqotda meva va sabzavotlarning odatda çiqindiga taşlanadigan pöstloği, uruği va boşqa qismlari iste’mol qilinadigan mağziga qaraganda köproq ösimlik tolalari saqlaşi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Qayd etilişiça, London Qirollik kolleji olimlari 12 turdagi ösimlik mahsulotining turli qismlaridagi oziq-ovqat tolalari miqdorini örgangan. Tadqiqotga lavlagi, tarvuz, bulğor qalampiri, brokkoli, qovoq, gulkaram, karam, selderey, kivi, fenxel, porey piyozi va ananas kiritilgan.
Natijalarga köra, örganilgan 12 turdagi mahsulotning 10 tasida pöstloq, uruğ va boşqa qismlaridagi “kletçatka” miqdori mağziga qaraganda yuqori bölgan. Eng katta farq qovoqda kuzatilgan. Uning pöstloği va uruğida 100 gramm mahsulot hisobiga 9,25 gramm oziq-ovqat tolasi mavjud. Qovoq mağzida esa bu körsatkiç 2 grammni taşkil etgan.
Ananas pöstloği va özagidagi “kletçatka” miqdori ham uning mağzidagiga qaraganda taxminan 5,5 barobar köp ekani aniqlangan. Biroq bu qismlarning qattiq tuzilişi ularni odatiy holatda iste’mol qilişni qiyinlaştiradi. Tadqiqotçilar ularni blenderda maydalaş, qirğiçdan ötkaziş yoki pişirişni taklif qilgan.
Şu bilan birga, barça mahsulotlarda ham bunday farq kuzatilmagan. Masalan, brokkoli poyasida 100 grammga 2,86 gramm “kletçatka” töğri kelgan bölsa, uning gulçambarlarida bu miqdor 4 grammni taşkil etgan. Fenxelning markaziy va taşqi qatlamlarida esa 2,77 gramm, içki yumşoq qismlarida 3,1 gramm oziq-ovqat tolasi aniqlangan.
Olimlarning fikriça, odatda taşlab yuboriladigan ösimlik qismlaridan foydalaniş oziq-ovqat çiqindilarini kamaytiriş bilan birga, taomlardagi tola miqdorini ham oşirişi mumkin. Biroq ularni kundalik ratsionga kiritişdan oldin ta’mi, tuzilişi va xavfsizligini, şuningdek, pişiriş jarayonining oziq-ovqat tolalariga ta’sirini baholaş zarur.
Ma’lumot uçun, “kletçatka” – ovqat hazm qiliş tizimining me’yorida işlaşi va içak mikroflorasini qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyatga ega. Kattalarga kuniga taxminan 30 gramm oziq-ovqat tolasi iste’mol qiliş tavsiya etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq rossiyalik olimlar kök meva, golubika, klyukva va brusnika tarkibidagi moddalar hujayralarning qarişi hamda ayrim töqimalarda çandiq hosil bölişi jarayonini sekinlaştirişi mumkinligini aniqlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi