Netanyaxu hokimiyatni saqlab qoliş uçun Eron bilan uruş boşlamoqçi – OAV
Olam
−
16:26 985 4 daqiqa
Isroilda hukumatni şakllantiriş mandatini olgan “Yaşar” partiyasi yetakçisi Gadi Ayzenkot boşçiligidagi “Özgarişlar bloki”ning koalitsiya muzokaralari davom etayotgan bir paytda, Boş vazir Binyamin Netanyaxu Eron bilan uruşni qayta boşlaşni hokimiyatni saqlab qoliş usullaridan biri sifatida körib çiqmoqda. Bu haqda “Haaretz” xabar berdi.
Gazetasi şarhlovçisi Amos Xarel öz maqolasida xavfsizlik masalalarida mas’uliyatli yondaşuv zarurligi borasida Ayzenkot va Netanyaxu örtasidagi yozişmalarga töxtalgan. Xarelning baholaşiça, Netanyaxu hokimiyatda qoliş uçun har qanday vositadan foydalanişga tayyor.
Ikki siyosatçi örtasidagi kelişmovçiliklarni tahlil qilar ekan, ekspert Netanyaxu öz pozitsiyalarini saqlab qolişga jon-jahdi bilan urinayotgani va yuzaga kelgan vaziyatdan ehtimoliy çiqiş yöli sifatida Eron bilan uruşni qayta boşlaşni körib çiqayotganini qayd etgan.
Şarhlovçining sözlariga köra, Ayzenkotning maktubi Isroil Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Eyal Zamirni ommaviy ravişda qöllab-quvvatlaşga ham qaratilgan.
Xarel saylovlar oldidan sönggi haftalarda Zamir va bir qator generallar Netanyaxuning AQŞ Prezidenti Donald Trampni Eronga birgalikda hujum qilişga köndiriş yoki Tehronni harbiy harakatlarni qayta boşlaşga provokatsiya qiliş urinişlariga qarşi çiqqanini ma’lum qilgan.
Jurnalist Ayzenkotning maktubi Zamirni ommaviy qöllab-quvvatlaş maqsadini ham közlaganiga işora qilgan.
“Netanyaxuning saylovlarga bir neça kun qolganda Eronga zarba berişga erişiş urinişlari ham sodir bölayotgan voqealarga ta’sir körsatişda davom etmoqda. Netanyaxuning “Likud” partiyasi qömita yiğilişini kamida duşanba kunigaça keçiktirişga harakat qilmoqda”, deyiladi maqolada.
“Özgarişlar bloki” Netanyaxuga xalaqit berişi kerak
Xarel saylovlar oldidan Zamir va ayrim generallar Netanyaxuning Eron bilan uruşni qayta boşlaş urinişlariga qarşi çiqqanini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, Zamir amerikalik hamkasbini harbiy harakatlar saylovlarning keçiktirilişiga olib kelişi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.
Şarhlovçi respublikaçilar AQŞ Kongressidagi köpçilik örinni yöqotganidan söng, Donald Tramp uruşni qayta boşlaş masalasida ehtiyotkorlik namoyon eta boşlaganini körsatib ötgan. Şu bilan birga, Vaşington Tehronga iqtisodiy va harbiy bosimni kuçaytirgan holda, Qatar vositaçiligida Eron bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Xarelning baholaşiça, sönggi voqealar Netanyaxu töğridan töğri harakatlar orqali yoki Eronni yangi nizoga tortiş maqsadida keskinlikni ataylab avj oldiriş yöli bilan yana harbiy qarama-qarşilikni keltirib çiqarişga urinayotgandek taassurot uyğotmoqda.
U, şuningdek, yangi harbiy qarama-qarşilik Isroildagi siyosiy jarayonning borişini izdan çiqarişi mumkinligi haqidagi xavotirlarga e’tibor qaratgan.
Netanyaxu, deya ta’kidlaydi şarhlovçi, hokimiyatni saqlab qoliş yölida har qanday qadamga borişga tayyor.
“Özgarişlar bloki hukumatni şakllantiriş maqsadida koalitsiya muzokaralarini davom ettirar ekan, u Boş vazirning öz hokimiyatini saqlab qoliş uçun mamlakatni yangi xavfli harbiy avantyuralarga tortişiga ham tösqinlik qilişi kerak”, deydi Xarel.
Isroildagi siyosiy noaniqlik va Eron bilan uruş qayta boşlanişi tahdidi
8 noyabr kuni Isroil Prezidenti Isxak Gersog parlamentning 67 nafar deputati qöllovini olgan Gadi Ayzenkotga hukumatni şakllantirişni topşirdi.
Biroq koalitsiya muzokaralari qiyinçiliklarga duç kelmoqda, çunki hukumatni tuziş uçun “Özgarişlar bloki”ga Isroilning falastinlik fuqarolari manfaatlarini ifodalovçi partiyalarning qöllovi zarur. Blokning öz içidagi siyosiy kelişmovçiliklar esa qöşimça tösiq böldi.
Agar Ayzenkot hukumatni şakllantira olmasa, Gersog uşbu vazifani Netanyaxuga topşirişi mumkin. Har ikki uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda, muddatidan oldin saylovlar ötkazilişi istisno etilmaydi.
Isroilda koalitsion hukumatni şakllantiriş atrofida noaniqlik saqlanib qolayotgan bir şaroitda Eron bilan uruşning ehtimoliy qayta boşlanişi masalasi diqqat markazida qolmoqda.
Hukumatni şakllantiriş mandatini olgan Ayzenkot avvalroq Boş vazir Netanyaxuni şoşilinç xususiyatga ega bölmagan harbiy zarbalardan tiyiliş zarurligi haqida ogohlantirgan edi.
U öz maktubida hukumat rahbarini yangi vazirlar mahkamasi qasamyod qilgunga qadar kutib turişi mumkin bölgan xavfli qadamlarga nisbatan vazminlik va ehtiyotkorlik namoyon etişga çaqirgan.
“Töğridan töğri, bevosita va keçiktirib bölmaydigan tahdid mavjud bölmagan şaroitda xavfsizlik kuçlarini jalb qiliş Isroil demokratiyasi va fuqarolarning davlat institutlariga bölgan işonçi uçun halokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin”, deydi Ayzenkot.
Uşbu ogohlantirişdan söng Ayzenkot va Netanyaxu örtasida xavfsizlik masalalarida mas’uliyatli yondaşuv zarurligi borasida bahs-munozara avj olgan.
Netanyaxu devonxonasi Ayzenkotning ogohlantirişlariga javoban hukumat qarorlari “xavfsizlik nuqtai nazaridan va tegişli xavfsizlik tuzilmalari bilan töliq muvofiqlaşgan holda” qabul qilinişini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi