Parij-2024: O‘zbekiston-Misr o‘yiniga hakam tayinlandi

Sport

image

Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Misr uchrashuvini yangi zelandiyalik Kavana-Vauf Kempbell boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyurti Trevis Isaak va solomonlik Mutukera Bernard yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi yamaykalik Hamilton Odettega ishonib topshirildi.

Misrga qarshi bahsda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi to‘liq oq libosda harakatlanadi. Darvozabon esa yashil rangli libosda maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Misr o‘rtasidagi o‘yin 27 iyul soat 20:00 da Nant shahridagi “Bojuar” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Misr Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made