Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi
Olam
−
25 iyul
9889AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi.
Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan.
“Isroil Bosh vazirining nutqini 100 ga yaqin demokratlar va Senatdagi 28 demokratlar tingladi, ya’ni har bir palataning yarmiga yaqini qatnashmadi”, deya xabar beradi “Axios” portali.
Nashrning xabar berishicha, Isroil Bosh vaziriga nisbatan joriy boykot 2015 yildagiga qaraganda ancha keng miqyosda bo‘lgan. O‘shanda uning nutqiga 58 nafar demokrat e’tibor bermagandi.
Shuningdek, Netanyaxu va demokratlar o‘rtasidagi munosabatlar G‘azo urushi paytida yanada keskinlashdi, chunki ko‘plab isroilparast demokratlar mojaroning gumanitar xarajatlarini tanqid qila boshladi.
AQSH Kongressi quyi palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning amerikalik parlamentariylarga murojaatini tanqid qildi.
Pelosi Netanyaxuning Kongressdagi nutqini xorijlik taniqli shaxslarning eng yomon nutqi deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qilgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi