YeI Rossiya aktivlaridan tushgan foydani ilk marta Ukrainaga berdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani birinchi marta Kiyevga o‘tkazib berdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi

Qayd etilishicha, aktivlaridan tushgan 1,5 milliard yevro miqdordagi foyda Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. YeI rahbarining ta’kidlashicha, buning uchun Moskvaning pullaridan foydalanish eng yaxshi variant hisoblanadi.

“Ukraina va butun Yevropani yashash uchun xavfsizroq joyga aylantirishda Kreml pulidan ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q”, deb yozadi Ursula fon der Lyayen.

Joriy yilning may oyida Yevropa Ittifoqi elchilari Bryusseldagi yig‘ilishda uzoq davom etgan maslahatlashuvlardan so‘ng, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘larni Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirish uchun ishlatish rejasini kelishib olgandilar. O‘sha paytda YeIga raislik qilgan Belgiya rasmiylarining xabar qilganidek, pul Ukrainaning har tomonlama tiklanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakat mudofaasiga sarflanadi. Birgina 2024 yilda to‘lovlar miqdori 3 milliard yevrogacha yetishi mumkin. Uning 90 foizi mamlakatning harbiy ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Ushbu reja bo‘yicha muzokaralar, jumladan, Avstriya va boshqa bir qator davlatlar qurol va o‘q-dorilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishda ishtirok etishdan bosh tortganligi sababli uzoq vaqt davom etdi. Germaniyaning “dpa” axborot agentligiga ko‘ra, ushbu davlatlarning iltimosiga asosan, Rossiya daromadlaridan keladigan foizlarning bir qismi yordamning boshqa turlariga yo‘naltirilishi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi 2022-2023 yillarda muzlatilgan Rossiya aktivlarini investitsiya qilishdan olingan 5 milliard yevro daromadni Ukrainaga o‘tkazmaslikka qaror qilgandi. YeI aksincha aktivlardan tushgan mablag‘larni markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariylarining Ukrainadagi urush tufayli ko‘rgan xarajatlari, risklari va yo‘qotishlarini qoplashga sarflashni taklif etgan. Ukraina hukumati esa bu qarorga qarshi chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi va Ukraina Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvni imzolagani xabar qilingandi. Shuningdek, YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kiyev Ursula fon der Lyayen YeI aktivlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made