Kiyevda metro faoliyati tez orada tiklanishi ma’lum qilindi

Olam

image

16 dekabr kuni Kiyev shahri ma’muriyati Kiyev metrosida poyezdlar harakati kun oxirigacha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edi. Ma’muriyatning aytishicha, metro aholiga boshpana sifatida ishlashda davom etmoqda, lekin poyezdlar harakati hali tiklanmagan. Shahar meri Vitaliy Klichko tez orada poyezdlar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishini aytdi.

16 dekabrda butun Ukraina bo‘ylab havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Ukraina ommaviy axborot vositalari turli mintaqalarda portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. Prezident Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenkoning aytishicha, butun mamlakat bo‘ylab energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarar yetkazilishi sababli elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukraina infratuzilmasiga hujumlari 10 oktyabr kuni – Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktdan ikki kun o‘tib boshlangandi. Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainaning energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa ob’ektlariga jiddiy zarar yetgan. O‘shandan beri Ukraina hududlarida har kuni, ba’zan butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirishlar e’lon qilinib kelinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Metro Kiyev

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made