Andijonda 11-sinf o‘quvchisi kanalda oqib ketdi
3-sahifa
−
26 iyul
5454Andijon viloyatida 11-sinf o‘quvchisi kanalda oqib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 24 iyul kuni soat 13:30 larda 2007 yilda tug‘ilgan S. S. Marhamat tumani “Qovunchi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milishga borgan. U cho‘milayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketgan.
“Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi fermer xo‘jaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etgandi.