Namanganda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 million so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 milliard 356 million so‘mlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) – Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ishtirokchi MCHJlar taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, buyurtmachiga “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi. Shuningdek, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilish holati aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan viloyati Kosonsoy obodonlashtirish boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made