Namanganda ham FVB boshlig‘i 160 ming dollar pora oldi (video)
3-sahifa
−
10 yanvar
8360Namangan viloyati Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, u o‘zining 5 nafar oila a’zolariga Pop tumani hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga ushbu pullarni olgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi(firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi(pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi