1,1 mlrd so‘mlik oltinni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik oltinni chegaradan noqonuniy olib o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga qonunga hilof ravishda olib o‘tilgan ko‘p miqdordagi qimmatbaho metal savdosiga chek qo‘yilgan.

Hususan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro 1988 yilda tug‘ilgan tog‘asining ko‘rsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda  kesib o‘tib, Qirg‘iz Respublikasidan O‘zbekiston hududiga taxminiy summasi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan umumiy og‘irligi 1 kg 168 gr miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor ma’lumot olingan.

Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan. Natijada ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida sof og‘irligi 472 gr bo‘lgan 740 mln so‘mlik oltinni noqonuniy pullayotganlar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan oltin Kosonsoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing