Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilishi oqibatida ko‘chalarga suv toshdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Naimovga ko‘ra, voqea Shirin chorrahasida sodir bo‘lgan. Suv toshqiniga Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan. 

“Ayni damda esa ushbu muammo to‘la bartaraf etildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Fayziobod GAI” hududida issiq suv quvuri yorilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent suv toshdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made