Toşkent va Qöqonda narkotik tarqatgan “zakladçik”lar uşlandi
3-sahifa
−
13:32 364 2 daqiqa
Toşkent şahrining Yangixayot va Yaşnobod tumanlari hamda Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlarda 1,5 kilogramm giyohvandlik vositasi va 24 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti, uning hududiy bölinmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tadbirlar ötkazilgan.
Dastlab Toşkentning Yangixayot va Yaşnobod tumanlarida “zakladka” usulida, geografik koordinatalar orqali giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan ikki şaxs qölga olingan. Ularning biri muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan, ikkinçisi esa 1997 yilda tuğilgan.
Ularning yonidan 55 gramm “gaşiş” va 24 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan. Şundan söng gumonlanuvçilarning yaşaş manzillari közdan keçirilganda, xonadonlaridan yana 430 gramm gaşiş, zip-paketlar va elektron tarozilar topilgan.
Şundan keyin tezkor tadbirlar Farğona viloyatining Qöqon şahrida davom ettirilgan. U yerda 1999 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan sudlangan şaxs ikki nafar şerigi bilan birga xaridorga 1 kilogramm “gaşiş” sotgan vaqtida qölga olingan. Uning şeriklari 2000 va 2003 yillarda tuğilgan.
Qayd etilişiça, ötkazilgan tadbirlar natijasida jami 1,5 kilogramm “gaşiş”, ya’ni 7 415 dozaga teng giyohvandlik vositasi hamda 24 dona “Regapen”ning aholi orasida tarqatilişining oldi olingan.
Holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 5 kilogramm 362 gramm “opiy” moddasini sotişga uringan ikki nafar şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi