Quvurdan ötayotganida kanalga tuşib ketgan erkak qutqarildi (video)
Jamiyat
−
18:46 642 1 daqiqa
Toşkentning Yangixayot tumanida kanalga tuşib ketgan erkak suv oqimida taxminan 300 metr oqib ketganidan keyin qutqarib qolindi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 6 noyabr kuni soat 19:00 atrofida Jön kanalida sodir bölgan. Erkak har kuni kanal ustidan ötkazilgan quvur orqali ötib-qaytib yurgan. Bu safar esa quvurdan ötayotganida oyoği sirpanib, suvga tuşib ketgan.
Voqea joyida bölgan Uçtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi qutqaruvçilari oddiy askarlar – Oğabek Ğafforov va Otabek Abdusattorov zudlik bilan harakat qilib, fuqaroni çökib ketişdan qutqargan.
“Har kuni quvur ustidan ötib-qaytardim. Kuniga ön martaça ötaman. Şu orada yiqilib ketdim, oyoğim sirpanib ketdi”, deydi qutqarilgan erkak.
Qutqaruvçilar erkakning yaqinlari bilan boğlanganini va uning öğli Toşkentda ekanini bildirgan. Şuningdek, qutqaruvçilar uning Surxondaryodagi yaqinlari bilan ham boğlanganini ma’lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvarloq Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidan ötuvçi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi