Qibrayda mansabdor 5 ming dollar pora bilan uşlandi (video)
3-sahifa
−
10:42 702 2 daqiqa
Toşkent viloyatining Qibray tumanida suv yetkazib beriş xizmati muassasasi rahbari 5 ming AQŞ dollari pora olayotgan vaqtida qölga tuşdi. U fuqaroning uyini noqonuniy qurilgan deb topiş masalasini hal qilib beriş evaziga 16 ming dollar talab qilgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Korrupsiyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, Qibray tumanida yaşovçi fuqaroning uyi ruxsatnoma asosida qurilgan bölsa-da, muassasa rahbari xonadon suv oqadigan kanalga yaqin joylaşganini vaj qilib, uni noqonuniy qurilgan deb e’tiroz bildirgan.
Uşbu masalani respublikada işlovçi mansabdor şaxslar orqali hal qilib berişni va’da qilgan rahbar tovlamaçilik yöli bilan fuqarodan 16 ming dollar talab qilgan. U oldindan 5 ming dollarni xizmat xonasida olayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur şaxs avval ham Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) bilan sudlangan bölgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi