Obama va rafiqasi saylovda Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi (video)

Olam

image

Oq uyning sobiq rahbari, AQSHning 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama bilan birgalikda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda demokrat, vitse-prezident Kamola Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Sobiq prezident hamda Mishel Obama ushbu xabarni yetkazish uchun Harrisga qo‘ng‘iroq qilgan. Telefondagi suhbat aks etgan video vitse-prezident Harrisning saylov kampaniyasi tomonidan e’lon qilindi.
 

“Men va Mishel seni qo‘llashdan faxrlanamiz. Sen saylovdan o‘tib Oval kabinetga borishing uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, degan Barak Obama.

Obamaning rafiqasi esa Harris bilan faxrlanishini bildirib, bu vaqtlar juda katta tarixiy voqea bo‘lishini aytgan.

“Ovozlaringizni eshitganimdan xursandman. Dag va men buni rosa kutgandim. Sizlar aytgan gaplar hamda do‘stlik qo‘llovi meni juda ruhlantirdi. Buni ta’riflay olmayman. Katta rahmat”, deya javob qaytargan Kamola Harris.

Qayd etish joizki, oldinroq demokratlar orasida Obamaning rafiqasi Mishel Obama ham potensial prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. Obama esa 2009-2017 yillardagi prezidentlik davrida vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Baydenni ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishiga qarshi chiqqan.

“Sky News”ning yozishicha, Oq uyning amaldagi rahbari – Jo Baydenning o‘z o‘rniga Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishini mamlakatning 42-prezidenti Bill Klinton hamda uning rafiqasi, 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ygan Xillari Klinton, shuningdek, Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi ham olqishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH sobiq prezidenti Barak Obama tez orada vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik partiyadan 2024 yilgi prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullamoqchiligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Barak Obama Kamola Harris Mishel' Obama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made