Xorazmda bog‘cha opa 3 yashar bolani kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25 iyul kuni haqiqatdan ham Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021 yilda tug‘ilgan 3 yoshli I.S. ismli qizga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Oxirgi paytlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning bog‘cha tarbiyachilari tomonidan kaltaklanishi ko‘p bora sodir bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yilning may oyida Andijonda bog‘cha opa avval ikki bolani urishtirib, keyin o‘zi ham kaltaklagandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bog‘cha opa yosh bolalarni kaltaklagandi va bog‘cha tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandi. Shuningdek, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada faoliyat yurituvchi tarbiyachi ham bog‘cha bolalarini ketma-ket yoniga chaqirib, shafqatsizlarcha yuziga va tana qismiga shippak bilan urgani uchun ishdan olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm bola bog'cha opa Qo'shko'pir tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing