Xorazmda metan “zapravka”da qoldirilgan Damas öğirlandi

3-sahifa

−

visibility3376 timer1 daqiqa

image

Xorazm viloyatining Urganç tumanida fuqaroning qarovsiz qoldirilgan Damas avtomaşinasi olib qoçildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, voqea joriy yilning 14 noyabr kuni sodir bölgan. 2000 yilda tuğilgan J.J. öz avtomaşinasini Urganç tumanidagi Anjirçilar mahallasi hududida joylaşgan metan gaz quyiş şoxobçasining kutiş maydonida oçiq va qarovsiz qoldirgan. Şundan foydalangan noma’lum şaxs maşinani olib qoçgan.

Hodisa yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida avtomaşinani olib qoçgan şaxs 1998 yilda tuğilgan N.J. ekani aniqlangan. Tergovda u transport vositasini mast holatda olib qoçib, Yangibozor tumanidagi “Sam moy 222” avtomoykasi yonida qulflangan holda qoldirgani va özi noma’lum tomonga yaşiringani ma’lum bölgan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida bir joyda işlaydigan tanişining avtomobilini olib qoçib ketgan şaxs içki işlar organlari xodimlari tomonidan qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing